«Bavariya»ga o‘tishi kutilgan Nikolas Jeksonning transferi amalga oshmay qoldi. Bu haqda myunxenliklar sport direktori Maks Eberl rasman ma’lumot berdi. Uning aytishicha, «Chelsi» hujumchini ortga qaytarish va klub ixtiyorida qoldirish qarorini yetkazgan, shu bois kelishuv bekor qilingan.
Eberl vaziyatni quyidagicha izohladi: «“Chelsi” futbolchini ortga qaytarishimizni bildirdi. Biz ular bilan shartnomaning barcha shartlarini kelishib qo‘ygandik. Hujumchi Germaniyaga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun ham yetib kelgandi. Biroq endi uni Londonga qaytarib yuborishimiz kerak. Jekson — “Chelsi” futbolchisi».
Eslatib o‘tamiz, kecha APLning 3-turida «Chelsi» hujumchisi Liam Delap jarohat olgan edi. Shu sababli londonliklar Jeksonni «Bavariya»ga bermaslikka qaror qilgan. Ya’ni, «Stemford Bridj»da hujum chizig‘ini saqlab qolish birinchi o‘ringa qo‘yildi — oxirgi lahzali o‘zgarish esa myunxenliklar rejasini o‘zgartirdi.
Qisqasi, to‘liq kelishilgan transfer oxirida «cho‘kib qoldi»: tibbiy ko‘rikkacha yetgan jarayon «Chelsi»ning ichki vaziyati tufayli orqaga qaytdi, Jekson esa hozircha Londonda qoladi.
Jeksonning «Bavariya» safari to‘xtatildi: "pishgan" transfer bekor bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar