Toshkent va Dushanbe mezbonlik qilayotgan «CAFA Nations Cup-2025» turnirining 2-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
B guruhining ikkinchi uchrashuvida mezbon Tojikiston terma jamoasi Afg‘oniston terma jamoasi bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Tojikistonliklar safida gollarga Panjshanbe va Mabatshoyev mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Tojikiston 3 ochko to‘plab, guruhda 2-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Avvalroq Eron milliy jamoasi 6 ochko bilan muddatidan oldin pley-offga chiqqan edi.
CAFA Nations Cup-2025. 2-tur
1 sentyabr. Dushanbe
Afg‘oniston - Tojikiston 0:2
Gollar: Panjshanbe 24 (pen.), Mabatshoyev 90+3.
Afg‘oniston: Hamidi, Mansor, Arezu, Sharif, Hanifi, Nazari, Sherzad (Zamani 90), Rahimi (Akbari 89), Kuhyar (Arezu 67), Skandari (Fatemi 89), Musavi.
Tojikiston: Azizov, Safarov, Karomatullozoda, Jo‘raboyev (Umarbayev 61), Islomov, Jalilov, Soirov (Ismoilov 87), Panjshanbe (Madaminov 90+5), Imomnazarov (Mabatshoyev 88), Samiyev (Boboyev 90+5).
Ogohlantirishlar: Skandari 45, Kuhyar 45, Sharif 59, Arezu 64 - Safarov 35.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!