Angliya Premer-ligasida yirik voqea qayd etildi — shved hujumchisi Aleksander Isak endilikda “Liverpul” sharafini himoya qiladi. Bu haqda klubning rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.
Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2031-yilgacha amal qiladi. E’tiborlisi, Isakning transferi uchun “qizillar” 125 million funt sarfladi. Bu nafaqat klub, balki APL tarixida ham yangi rekord sifatida qayd etildi.
Avvalgi transfer rekordi ham aynan “Liverpul”ga tegishli edi. Bir necha oy oldin mersisaydliklar “Bayer” klubidan yosh iste’dod egasi Florian Virsni 108 million funt evaziga o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Shu tariqa, Aleksander Isakning kelishi “Liverpul”ning hujum chizig‘ini yanada kuchaytiradi. Muxlislar esa yangi mavsumda Isak va Saloh duetidan yorqin va samarali o‘yin kutishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!