date

"Al Nassr" familiyasi o‘xshash himoyachi bilan shartnoma tuzdi

"Al Nassr" familiyasi o‘xshash himoyachi bilan shartnoma tuzdi

Saudiya Arabistonining mashhur klubi — "Al Nassr" tarkibini yana bir yangi futbolchi bilan to‘ldirdi. Qizig‘i shundaki, jamoa bu safar familiyasi klub nomi bilan o‘xshash bo‘lgan himoyachi Saad Al Nassirni o‘z safiga qo‘shib oldi. Shu bilan 24 yoshli futbolchi endi Krishtianu Ronalduning yangi jamoadoshiga aylandi.

Oldinroq OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Al Nassr" "Al Taavun" klubidan Saad Al Nassirni sotib olish uchun taxminan 6,5 million yevro va unga qo‘shimcha tarzda 24 yoshli hujumchi Muhammad Maranni transfer qilish variantlarini taklif etgan edi.

Yosh himoyachi o‘zining maydondagi ko‘pqirrali harakatlari va barqaror o‘yini bilan murabbiylar va skautlarning diqqat markaziga tushdi. Uning kelishi bilan "Al Nassr" himoya chizig‘i yanada mustahkamlanishi kutilmoqda.

Bir kun avval esa klub tarkibida katta o‘zgarish ro‘y berdi — ispaniyalik himoyachi Emerik Lyaport "Al Nassr"ni tark etib, o‘zining ilgarigi jamoasi "Atletik Bilbao"ga qaytdi. Bu orqali jamoa himoyadagi bo‘shliqni to‘ldirishga majbur bo‘ldi.

Shu bilan birga, yaqindagina "Al Nassr" Ronalduning hamyurti va Yevropa futboli yulduzi Joau Feliksni ham o‘z safiga qo‘shib olgandi. Klubning transfer strategiyasi katta maqsadlar sari yo‘naltirilganini ko‘rsatmoqda.

"Al Nassr"ning yangi mavsumga yo‘nalgan bu intilishlari muxlislar uchun yanada qiziqarli o‘yinlarni va katta kurashlarni va’da qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Al Nassr" familiyasi o‘xshash himoyachi bilan shartnoma tuzdi