date

Diyor Xolmatov: Bizga faqat g‘alaba zarur bo‘ladi

Diyor Xolmatov: Bizga faqat g‘alaba zarur bo‘ladi

CAFA Nations Cup’ning 2-turidan o‘rin olgan Turkmaniston – O‘zbekiston (1:2) bahsidan so‘ng terma jamoa futbolchisi Diyor Xolmatov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

– Uchrashuv haqiqatan ham juda maroqli va bir vaqtning o‘zida og‘ir o‘tdi. Eng muhimi – g‘alabaga erishdik. Endi e’tiborimizni keyingi bellashuvga qaratamiz, – dedi u.

Futbolchi hisob yirikroq bo‘lishi mumkinligi haqida ham to‘xtaldi:

– Bir kishi kam o‘ynaganimiz sabab vaziyatlar soni qisqardi. Bir futbolchi kam bo‘lsa, charchoq ko‘proq seziladi va imkoniyatlar ham shunga yarasha kamayadi, – deya ta’kidladi Xolmatov.

Bosh sovrin uchun kurashda birinchi o‘rin masalasi haqida u shunday fikr bildirdi:

– Xudo xohlasa, uchinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonamiz. Bizga bu bosqichda faqat g‘alaba kerak, – dedi futbolchi ishonch bilan.

Shaxsiy o‘yini haqida so‘ralganda esa u kulimsirab javob berdi:

– Bugun qanday o‘ynaganimni dadamdan so‘rayman, – dedi u hazil bilan.

Terma jamoaning yangi liboslari haqida ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi:

– Yangi brenddagi formalar juda yaxshi, sifati yuqori darajada. Ijobiy hissiyot qoldiradi, juda qulay, – dedi Xolmatov.

So‘ngra yangi barpo etilgan stadion haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

– Yangi stadion holati haqiqatan ham yaxshi. Endi asosiysi – unda futbol o‘ynash va muxlislarga shodlik ulashish, – deya fikrini yakunladi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Xolmatov: Bizga faqat g‘alaba zarur bo‘ladi