Portugaliyada sevimli futbol yulduzlari — Diogu Jota va Jorje Kosta xotirasi yuksak davlat mukofotlari bilan e’zozlandi.
Mamlakat prezidenti Marselu Rebelu de Souza marhum futbolchilarga "Xizmat ko‘rsatgan" ordenining komandor darajasini topshirishga qaror qildi. Bu mukofotlar ularning yaqin qarindoshlariga tantanali marosimda taqdim etildi. Portugaliya futbol federatsiyasi xabar berishicha, bu ularning mamlakat futbolidagi unutilmas xizmatlarini e’tirof etishdir.
Shuningdek, mamlakat Bosh vaziri Luish Montenegru ham Jota va Kostaga "Sport sohasidagi xizmatlari uchun" maxsus faxriy belgisini taqdim etdi. Mukofotlar Jotaning xotirasiga bag‘ishlangan marosimda yaqinlari qo‘liga topshirildi. Ushbu tadbirda Portugaliya milliy termasi futbolchilari ham ishtirok etib, o‘z hamkasblarini hurmat bilan yodga olishdi.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" hujumchisi Diogu Jota va uning Portugaliya ikkinchi divizionidagi "Penafiel" klubi safida to‘p surgan ukasi Andre Teysheyra da Silva joriy yilning 3 iyul kuni Ispaniyada sodir bo‘lgan yo‘l-transport fojiasida halok bo‘lishgandi.
Shuningdek, "Portu"ning sobiq afsonaviy himoyachisi Jorje Kosta esa 5 avgust kuni yurak xuruji oqibatida olamdan o‘tdi. Uning nomini futbol olami katta hurmat va minnatdorlik bilan eslab qolmoqda.
Portugaliya futboli uchun qimmatli shaxslar bo‘lgan Jota va Kostaning xizmatlari mamlakat tarixida abadiy muhrlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!