date

JCH-2026 chiptalari 60 dollardan sotuvga chiqadi, final narxi rekord...

JCH-2026 chiptalari 60 dollardan sotuvga chiqadi, final narxi rekord...

FIFA ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilgi Jahon chempionati chiptalarini sotib olishning dastlabki bosqichida dinamik narxlash tizimi qo‘llaniladi. Bu degani, muxlislar chiptalarni bozordagi talab va taklifga qarab turli narxlarda xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.

10-sentyabrdan boshlanib, 19-sentyabrga qadar davom etadigan birinchi oldi-sotdi jarayonida VISA kartasi egalari AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tadigan mundial bahslariga chipta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

FIFAning rasmiy bayonotida aytilishicha, guruh bosqichi o‘yinlariga chiptalar 60 dollardan boshlanadi. Biroq pley-off va hal qiluvchi bosqichlarda, ayniqsa finalda narxlar keskin ko‘tariladi va ular 6730 dollargacha yetishi mumkin.

FIFA chiptalar va mehmondo‘stlik departamenti rahbari Falk Ellerning ta’kidlashicha, sotuvning birinchi bosqichi uchun taxminan 1 millionga yaqin chipta tayyorlangan. Shu bilan birga, u dinamik narxlar talabga qarab o‘zgarishi mumkinligini qayd etdi.

Bunday usul ko‘pincha aviabiletlar va mehmonxonalarda bayram mavsumlari yoki katta tadbirlar paytida qo‘llaniladi. Endi esa u Jahon chempionati kabi yirik sport musobaqalarida ham keng joriy etilmoqda.

Shu tariqa, JCH-2026 final uchrashuviga borishni rejalashtirayotgan muxlislar uchun chipta narxi anchagina qimmatga tushishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2026 chiptalari 60 dollardan sotuvga chiqadi, final narxi rekord...