date

Qirg‘iziston termasi O‘zbekistonga qarshi ikki yo‘qotish bilan chiqadi

Qirg‘iziston termasi O‘zbekistonga qarshi ikki yo‘qotish bilan chiqadi

Qirg‘iziston milliy jamoasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, terma jamoa “CAFA Nations Cup” doirasida O‘zbekistonga qarshi o‘yinga ikki muhim yo‘qotish bilan tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, jamoaning yarim himoyachilari Eldiyar Zaripbekov hamda Kayrat Jirgalbek uulu jarohatlari sabab maydonga tusha olmaydi. Bu esa o‘yin oldidan raqib uchun katta muammo sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning 3-turidan o‘rin olgan hal qiluvchi O‘zbekiston – Qirg‘iziston to‘qnashuvi bugun, 5-sentyabr kuni soat 19:30 da start oladi. Bellashuv “Olimpik” stadionida bo‘lib o‘tadi va u finalga chiqish masalasida hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Qirg‘iziston safidagi yo‘qotishlar termaning umumiy taktik rejasiga qay darajada ta’sir ko‘rsatishi, o‘yin davomida aniq ma’lum bo‘ladi. Ammo ikki asosiy futbolchining ishtirok etmasligi raqib jamoa uchun jiddiy sinov hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qirg‘iziston termasi O‘zbekistonga qarshi ikki yo‘qotish bilan chiqadi