date

CAFA Nations Cup. O‘mon so‘nggi daqiqada gol urib Turkmanistonni yengdi

CAFA Nations Cup. O‘mon so‘nggi daqiqada gol urib Turkmanistonni yengdi

CAFA Nations Cup turniri doirasida so‘nggi tur bahslari o‘tkazilmoqda. A guruhida O‘mon (7) Turkmaniston (1) bilan bahsda qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Keyrush jamoasi 2-turda qirg‘izistonliklarga ham 90+ daqiqalarda gollar urgandi.

Guruhning so‘nggi bahsida O‘zbekiston (4) Qirg‘izistonni (1) qabul qiladi va ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozonsagina, peshqadam sifatida finalga yo‘l oladi.

Guruh g‘olibi 8 sentyabr kungi finalda B guruhida birinchi bo‘lgan Eronga qarshi maydonga tushadi. 2-o‘rin sohibi esa o‘sha kuni Hindiston bilan bronza medali uchun o‘ynaydi.

CAFA Nations Cup-2025

A guruhi. 3-tur

Turkmaniston — O‘mon 1:2

Gollar: Saparguliyev (51) — Ahaliyev (12, avtogol), Al G‘assani (90+3).

Turkmaniston: 1.Rustem Ahalliyev, 3.Ilyas Toyjanov, 5.Abdi Bashimov, 9.Gurban Annayev, 10.Rahman Muratberdiyev, 11.Didar Durdiyev, 12.Ibrayim Tirkishov, 15.Vepa Jumayev, 17.Mirza Beknazarov, 18.Ilyas Saparmammedov, 20.Arziguli Saparguliyev.

Zaxira: 4.Baxtiyar Gurgenov, 6.Berdimurat Rejebov, 7.Altimurat Annadurdiyev, 8.Ahmet Atayev, 13.Mixail Titov, 16.Muhammad Ovezov, 19.Begench Akmammedov, 21.Yazgilich Gurbanov, 23.Velmirat Ballakov, 24.Shamammet Xidirov.

O‘mon: 99.Bilol albalushi, 3.Tani G‘arib Al Rushaydi, 6.Ahmad Muhammad Al Xamisi, 7.Ali Sulaymon Al Busaydi, 10.Jamil Salim Al Yahmadi, 14.Ahmad Xalifa Al Kabi, 21.Abdul Rahmon Al Mushayfri, 27.Mahmud Mabruk Al Mushayfri, 28.Nossir Sulton Al Ravaxi, 30.Ahad Al Xabshi Al Mashayxi.

Zaxira: 2.G‘anim Ramadan Al Xabashi, 5.Musab Maxfud Al Shaqsi, 8.Zohir Sulaymon Al Agbari, 11.Muhsin Solih Al G‘assani, 12.Abdulloh Favaz Bait Abdulg‘afur, 17.Ali Sulaymon Al Busaydi, 18.Fayz Issa Al Rushaydi, 19.Hotim Sulton Al Rushadi, 20.Saloh Said Al Yaxyoi, 22.Ahmad Faraj Al Ravahi, 31.Sulton Badar Al Marzuq, 33.Ahmad Ali Al Riyami.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » CAFA Nations Cup. O‘mon so‘nggi daqiqada gol urib Turkmanistonni yengdi