19:19 / 18.12.2016
5 579

51 yoshli Hopkins o‘zining so‘nggi jangida nokautga uchradi

51 yoshli Hopkins o‘zining so‘nggi jangida nokautga uchradi

Amerikalik taniqli bokschi, tarixdagi eng yoshi ulug‘ jahon chempioni, 51 yoshli Bernard Hopkins o‘zining so‘nggi jangida vatandoshi Jo Smitga qarshi ringga chiqdi va uni alamli mag‘lubiyat bilan yakunladi.

WBC (Jahon boks kengashi) versiyasining 79,38 kg'gacha bo‘lgan vazn toifasida Xalqaro chempion nomi uchun kechgan 12 raundli jang Kaliforniya shtatidagi Inglvud shahrida bo‘lib o‘tdi. Jang sakkizinchi raundda Smitning texnik nokaut natijasidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Hopkins raqibining davomli zarbalaridan keyin jangni davom ettira olmadi.

Hakamlarning jang yakunlangan vaqtga qadar qo‘ygan baholariga ko‘ra, ochkolar bo‘yicha Smit etakchilik qilgan - uch hakamdan ikki nafari jangni uning foydasiga baholashgan: 67-66 va 69-64. Uchinchi arbitr esa jangni Hopkinsning foydasiga baholayotgan bo‘lgan: 67-66.

Shuni ta’kidlash joizki, Hopkins 2014 yilning noyabrida rossiyalik Sergey Kovalyovga mag‘lub bo‘lganidan buyon ringga chiqmagan va WBA (Jahon boks assosiasiyasi) hamda IBF (Xalqaro boks federasiyasi) versiyalarining jahon chempioni unvonlarini qo‘ldan boy bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 51 yoshli Hopkins o‘zining so‘nggi jangida nokautga uchradi