date

Bruno Enrike qasddan kartochka olgani uchun og‘ir jazolandi

Bruno Enrike qasddan kartochka olgani uchun og‘ir jazolandi

Hujumchi Bruno Enrike qasddan maydondan chetlatilishi va pul tikkanlar sxemasiga aloqadorligi uchun jiddiy jazoga tortildi.

Oliy sport tribunalining tartib-intizom qo‘mitasi (STJD) 34 yoshli futbolchini halol o‘yin qoidalarini buzish hamda milliy chempionat uchrashuvi natijasiga ta’sir ko‘rsatishga urinishda aybdor, deb topdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil noyabrida «Santos»ga qarshi bahsda (1:2) Enrike ataylab sariq kartochka olgan. Bu harakat bukmekerlik orqali pul tikishda daromad keltirgani aniqlangan. Shu bois, futbolchi 12 uchrashuvdan chetlatildi va 60 ming real (qariyb 11 ming dollar) miqdorida jarimaga tortildi. Uning apellyatsiya berish huquqi saqlanib qoldi.

STJD ta’kidlashicha, ish dastlab bilvosita dalillarga asoslangan bo‘lsa-da, hal qiluvchi omil sifatida federal politsiya taqdim etgan materiallar hisoblangan. Prokuraturaga ko‘ra, futbolchining qilgan ishi «Flamengo»ga ziyon yetkazgan va bahs natijasiga ta’sir qilishi mumkin edi.

Shuningdek, 4 nafar havaskor futbolchi, jumladan Bruno Enrikening ukasi Vander Nunes Pintu Junior ham jazoga tortildi. Biroq sport adliya tizimiga aloqasi bo‘lmagan ayrim ishtirokchilar javobgarlikdan qutulib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Enrike jinoiy javobgarlikka tortilishi va 18-yilgacha qamoq hamda 2 million real (362 ming dollar atrofida) jarimaga mahkum qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Bruno Enrike 2019-yildan buyon «Flamengo» sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsumda 40 marotaba maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bruno Enrike qasddan kartochka olgani uchun og‘ir jazolandi