date

"Barselona" Rashfordning holati tufayli qaytarishni o‘ylamoqda

"Barselona" Rashfordning holati tufayli qaytarishni o‘ylamoqda

OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyaning amaldagi chempioni "Barselona" hujumchi Markus Rashfordning jismoniy va ruhiy tayyorgarligidan xavotirga tushgani sababli uni qaytadan "Manchester Yunayted"ga yo‘llash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

27 yoshli angliyalik futbolchi yozgi transfer bozori avvalida "Yunayted"dan ijara asosida olib kelingan va shartnoma shartlariga ko‘ra, kataloniyaliklar uni 30 million funt evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega edi.

Rashford La Ligadagi dastlabki uch bahsning barchasida maydonga tushdi: bittasida asosiy tarkibda, qolgan ikkisida esa zaxiradan. Ammo kutilgan darajada o‘zini namoyish eta olmadi.

"El Nacional" nashrining yozishicha, "Barselona" rahbariyati hujumchini allaqachon ogohlantirgan — u ko‘proq o‘yin vaqtiga ega bo‘lishni xohlasa, tayyorgarlik darajasini oshirishi zarur. Chunki mashg‘ulotlarda va nazorat uchrashuvlarida yaxshi ta’sir qoldirganiga qaramay, rasmiy bahslarda kutilgan natijani ko‘rsatmadi.

Shu bois kataloniyaliklar endi uning ijarasi muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkinligini ko‘rib chiqishmoqda. Agar bu qaror amalga oshsa, "Barselona" shartnomani bekor qilish uchun "Manchester Yunayted"ga 5 million yevro to‘lashi talab etiladi.

Futbol muxlislari esa Rashfordning Yevropadagi kelajagi qanday yo‘nalishda davom etishini qiziqish bilan kuzatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona" Rashfordning holati tufayli qaytarishni o‘ylamoqda