O‘zbekiston U-17 termasi Marokashga qarshi so‘nggi bahsga chiqadi

O‘zbekiston U-17 termasi Marokashga qarshi so‘nggi bahsga chiqadi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniyada o‘tkazilayotgan yig‘in doirasida bugun so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi.

O‘smir futbolchilarimiz bugun Marokash yoshlari bilan to‘qnash keladi. Bellashuv soat 21:00 da Kadis shahrida joylashgan “Antonio Barbadilyo” stadionida start oladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘in davomida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Angliyaga qarshi bahsda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan, Kanada bilan kechgan kuch sinashuvda esa 2:2 hisobida durang qayd etgan edi.

Shu tariqa, Marokashga qarshi kechadigan bugungi o‘yin o‘smirlarimiz uchun yig‘inning yakuniy sinovi bo‘lib qoladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar