Angliyaning hozirgi chempion jamoasi “Liverpul” yozgi transferlar oynasida “Aston Villa” klubi bilan samarali kelishuvlarga erishdi.
The Kop Correspondent tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, mersisaydliklar asosiy tarkibga kirishda qiynalayotgan yosh iste’dod egasi Xarvi Elliotni “Aston Villa” safida davom ettirishiga kelishgan.
Shu jarayonda “qizillar” raqib klub tarkibida to‘p surib kelayotgan Angliya milliy jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojersning transfer masalasini ham muhokama qildi.
Ma’lum qilinishicha, 23 yoshli Rojersning “villaliklar” bilan shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar amal qiladi. Biroq o‘yinchining o‘zi Arne Slot qo‘l ostidagi “Liverpul” safiga o‘tish xohishini bildirgan.
Kelishuvlar yakunida “Aston Villa” ham mazkur transfer bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanini ta’kidlagan. Shu bilan birga, Transfermarkt tahlilchilari Morgan Rojersning bozor qiymatini 50 million yevro atrofida baholashmoqda.
“Liverpul” va “Aston Villa” o‘rtasidagi bu jarayon yozgi transferlar bozorida eng qiziqarli voqealardan biri sifatida futbol jamoatchiligi e’tiborida turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!