date

Radmanovich: "Finalda g‘alabaga munosib edik, Katanetsning sog‘ligi tashvishli"

Radmanovich: "Finalda g‘alabaga munosib edik, Katanetsning sog‘ligi tashvishli"

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Vlado Radmanovich Eronga qarshi bo‘lib o‘tgan CAFA Nations Cup-2025 finalidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Final to‘g‘risidagi taassurotlaringiz...

— Juda maroqli va hayajonli final kechdi. Ishonchim komilki, ushbu "drama" muxlislarimizga ham yog‘gan bo‘lsa kerak. Eron tarkibida bir futbolchi maydondan chetlatilganiga qaramay, biz g‘alabaga munosib edik.

— So‘nggi vaqtlarda O‘FA milliy jamoaga xorijlik murabbiy jalb etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Timur Kapadze matbuot anjumanlaridan birida o‘z shartnomasi noyabr oyiga qadar amal qilishini aytgandi. Murabbiylar shtabi, jumladan, siz bilan ham bitim noyabrda tugaydimi?

— Bu masala bo‘yicha hech narsa deya olmayman. Bu haqda aniq ma’lumotga ega emasman. Savolingizni O‘FAga yo‘naltirsangiz to‘g‘riroq bo‘ladi.

— Srechko Katanes bilan aloqadasizmi? Uning sog‘ligi haqida nima deysiz?

— Biz muntazam ravishda bog‘lanib turamiz. Afsuski, uning hozirgi holati yaxshi emas. Lekin umid qilamanki, u tez orada sog‘ayib ketadi va yana futbol bilan yaqindan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shu tariqa, Radmanovich final bahsida jamoa g‘alabaga haqli bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi hamda Srechko Katanetsning sog‘ligi yuzasidan tashvishlarini bildirib, unga tez shifo tiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Radmanovich: "Finalda g‘alabaga munosib edik, Katanetsning sog‘ligi tashvishli"