Braziliya terma jamoasi safida kutilmagan mojaro yuzaga keldi. “Barselona” klubi hujumchisi Rafinya Dias so‘nggi o‘yinda terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qabul qilgan qarordan qattiq g‘azablandi.
10 sentyabr kuni Jahon chempionati–2026 saralash bosqichining oxirgi uchrashuvida Braziliya Boliviyaga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bahsda ajablanarli natija qayd etildi — Braziliya kuchli raqibga qarshi kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi (0:1).
Rafinya uchrashuvni zaxirada boshladi va faqat 61-daqiqada o‘yinga qo‘shildi. Diario Sport nashri yozishicha, futbolchi murabbiyning qaroridan qattiq norozi bo‘lgan. Uning fikriga ko‘ra, uchrashuvning strategik ahamiyati yo‘q holda, o‘yin yuqori bosim va qiyin iqlim sharoitida o‘tgani futbolchilar salomatligi uchun xavfli edi.
Ma’lumki, Boliviya poytaxti La-Pas shahrida joylashgan stadion dengiz sathidan 4100 metr balandlikda joylashgan. Bunday sharoitda kislorod tanqisligi, tanaga tushadigan qo‘shimcha bosim va yuqori yuklama futbolchilar uchun katta qiyinchilik tug‘diradi. Qolaversa, uchrashuv paytida havo harorati ham atigi sakkiz darajani tashkil etgan.
Rafinya aynan shunday og‘ir sharoitda maydonga tushirilganidan g‘azabga mingani aytilmoqda. Uning atrofidagi insayderlar futbolchi o‘z salomatligi xavf ostida qolganini va murabbiy qarorini tushunmaganini ma’lum qilishgan.
Anchelotti esa matbuot anjumanida qarorini izohlab, “Jamoa har bir futbolchiga ishonadi, Rafinya esa tajribali hujumchi sifatida o‘yinga o‘z hissasini qo‘shishi kerak edi”, degan.
Rafinya Anchelotti qaroridan qattiq norozi bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar