Kataloniyaning mashhur klubi «Barselona» tez orada yangidan qurilib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan «Kamp Nou»da o‘zining dastlabki uchrashuvini o‘tkazishi kutilmoqda.
Klub rahbariyatining ma’lum qilishicha, «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadigan ikki muhim bellashuv – 28 sentyabr kuni «Real Sosedad» va 19-oktyabrda «Jirona»ga qarshi o‘yinlarga rossiyalik taniqli bloger Xasbulla Magomedov taklif etilgan.
«Barselona»ning bu qadami klubga bo‘lgan qiziqish va e’tiborni yanada oshirishga qaratilgani aytilayapti. Shuningdek, Xasbulladan tashqari katta auditoriyaga ega bo‘lgan boshqa mashhur blogerlar ham ushbu bahslarga taklif qilinishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, «Kamp Nou»ning ochilishi dastlab 10-avgust kuniga rejalashtirilgandi. Biroq qurilish va rekonstruksiya ishlarining cho‘zilishi tufayli stadionning rasmiy ochilish marosimi belgilangan muddatdan kechiktirildi.
Shu tariqa, muxlislar nafaqat yangi ko‘rinishdagi stadionni ko‘rish, balki mashhur shaxslarning ishtirokiga ham guvoh bo‘lish imkoniga ega bo‘lishadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!