date

"Goal" 2026 yilgi jahon chempionati favoritlarini e’lon qildi

"Goal" 2026 yilgi jahon chempionati favoritlarini e’lon qildi

Nufuzli "Goal" internet nashri 2026 yilgi Jahon chempionatida g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini taqdim etdi. Ma’lumki, hozirga qadar mundialga 18 ta terma jamoa yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qolgan 30 ta yo‘llanma uchun keskin kurash davom etmoqda.

Mualliflar reytingda nafaqat mundialga yo‘llanma olgan, balki saralash bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazishiga shubha yo‘q bo‘lgan kuchli terma jamoalarni ham inobatga olishdi.

Baholash natijasiga ko‘ra, "Goal" turnirning bosh favoriti sifatida Yevropa chempioni — Ispaniya terma jamoasini ko‘rsatmoqda. Nashr fikricha: "Ispaniya Yevro-2024da ajoyib natijalarga erishdi, ammo 2026 yilgi mundialda ular yanada kuchliroq o‘yin ko‘rsatishlari mumkin."

Ikkinchi o‘rinda amaldagi jahon chempioni, Lionel Messi yetakchilik qilayotgan Argentina jamoasi qayd etilgan. Bu jamoa o‘zining barqaror o‘yini va tajribali futbolchilari bilan yana titul uchun jiddiy kurash olib borishi kutilmoqda.

Kuchli uchlikni esa 1966 yilda Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Angliya terma jamoasi yakunladi. Angliya so‘nggi yillardagi yangi avlod futbolchilari bilan katta maqsadlarga intilayotgani ta’kidlanmoqda.

Shuningdek, keyingi o‘rinlarda Portugaliya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Braziliya, Marokash va Ekvador kabi jamoalar joy oldi. Ular ham mundialda kuchli raqobat ko‘rsatishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Goal" 2026 yilgi jahon chempionati favoritlarini e’lon qildi