date

JCH-2025. Isroilovning g‘alabasi: O‘zbekiston yana peshqadamlikni qaytardi! (video)

JCH-2025. Isroilovning g‘alabasi: O‘zbekiston yana peshqadamlikni qaytardi! (video)

Angliya zaminida o‘tayotgan Jahon chempionati-2025 boks musobaqasida yurtimiz vakillari birin-ketin munosib natijalar qayd etishda davom etmoqda. Shuningdek, bugun bo‘lib o‘tgan kunning oltinchi finali ham muxlislar uchun esda qolarli voqeaga aylandi.

-85 kg vazn toifasidagi hal qiluvchi jangda o‘zbekistonlik Akmaljon Isroilov mezbon mamlakat bokschisi Teagn Stottga qarshi ringga chiqdi. Shiddatli bellashuv to‘liq uch raund davom etdi va hakamlar yagona qaror bilan Isroilovni g‘olib deb topdi. Natijada, yigitimiz jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Bu zafardan so‘ng, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoaviy hisobda oltin medallar soni bo‘yicha yetakchilikni qayta qo‘lga kiritdi. Hozirgi kunda jamoamiz xazinasida 6 ta oltin, shuningdek, bitta kumush va 3 ta bronza medallar mavjud. Shu tariqa, qo‘shni Qozog‘istondan medallar bo‘yicha peshqadamlikni qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldik.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Fazliddin Erkinboyev ilk oltinni olib kelgan bo‘lsa, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ikkinchi, Javohir Ummataliyev uchinchi, To‘rabek Habibullayev to‘rtinchi, Abdumalik Xalokov esa beshinchi chempionlik medalini yurtimiz xazinasiga qo‘shgandi. Shuningdek, Navbahor Hamidova kumushga ega chiqqan bo‘lsa, ayollar o‘rtasidagi bahslarda yana uchta bronza medali qo‘lga kiritildi.

Boks. JCH-2025. Final. 14 sentyabr

-85 kg: Akmaljon Isroilov — Teagn Stott (Angliya) – 5:0

Endi e’tibor so‘nggi finalga qaratilmoqda. Unda yurtdoshimiz Jahongir Zokirov Qozog‘iston vakili Oralbayga qarshi ringga ko‘tariladi. Aynan ushbu bellashuv turnirning umumiy g‘olibini belgilab berishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2025. Isroilovning g‘alabasi: O‘zbekiston yana peshqadamlikni qaytardi! (video)