date

Bugun Elit OCHL, La Liga va A Seriyada muhim uchrashuvlar start oladi

Bugun Elit OCHL, La Liga va A Seriyada muhim uchrashuvlar start oladi

Bugun futbol ixlosmandlari uchun kutilgan kunlardan biri — Elit Osiyo chempionlar ligasi, La Liga va A Seriya doirasida qator qiziqarli bellashuvlar o‘tkaziladi. Har bir musobaqada muxlislar katta qiziqish bilan kutgan markaziy o‘yinlar namoyish etiladi.

Eng avvalo, Elit OCHLning dastlabki turida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Nasaf" maydonga tushadi. Qarshiliklar Saudiya Arabistonining yirik klubi "Al-Ahli" mehmoni sifatida bahs olib borishadi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da boshlanadi. Bu to‘qnashuvda "Nasaf"ning qay darajadagi tayyorgarligi sinovdan o‘tishi barcha ishqibozlar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Shuningdek, turning boshqa o‘yinlari ham muxlislarni befarq qoldirmaydi. "Sharja" o‘z maydonida Qatarning "Al-G‘arafa" klubini qabul qiladi (18:45). Keyingi bahsda "Al-Vahda" kuchli raqib sanalgan "Al-Ittihod"ga qarshi maydonga tushadi (21:00). Shuningdek, "Ash-Shorta" hamda "As-Sadd" jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv soat 23:15 da start oladi.

Yevropa maydonlarida ham qiziqarli bellashuvlar kutib turibdi. Ispaniya La Ligasining 4-turida "Espanol" hamda "Malorka" jamoalari to‘qnashadi. Ushbu bahs tungi soat 00:00 da bo‘lib o‘tadi.

Italiya chempionati — A Seriyada esa 3-turdan o‘rin olgan ikki muhim o‘yin muxlislarni kutmoqda. "Verona" o‘z maydonida "Kremoneze"ga qarshi bahs olib boradi (21:30). Shundan so‘ng, "Komo" va "Jenoa" klublari o‘rtasidagi o‘yin kechki soat 23:45 da boshlanadi.

Futbol ixlosmandlari uchun bugungi kun to‘liq emotsiyalarga boy kechishi aniq. Bir vaqtning o‘zida turli qit’alarda bo‘lib o‘tadigan bellashuvlar futbol kechasini yanada qiziqarli va shiddatli qilib yuboradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Elit OCHL, La Liga va A Seriyada muhim uchrashuvlar start oladi