date

Doping mojarosidan keyin Mudrik sport turini o‘zgartirmoqchi

Doping mojarosidan keyin Mudrik sport turini o‘zgartirmoqchi

Ukraina terma jamoasi va “Chelsi” hujumchisi Mixail Mudrikning futboldagi kelajagi doping mojarosi sabab katta sinov ostida qoldi. Angliya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan unga nisbatan rasmiy ayblov qo‘yildi va agar bu holat rasman tasdiqlansa, u 4-yilgacha futboldan chetlatilishi mumkin.

“Marca” nashrining ma’lumot berishicha, futbolda uzoq muddatli tanaffus Mudrikni sport yo‘nalishini o‘zgartirish haqida o‘ylashga majbur qilgan. Ukrainalik hujumchi yengil atletika bilan shug‘ullanishni boshlab yuborgan va 2028-yilda Los-Anjelesda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida Ukraina terma jamoasi safida ishtirok etishni maqsad qilmoqda.

Olimpiya yo‘li oson emas. Bunga erishish uchun u “World Athletics” qo‘ygan minimal talablarni bajarishi va 2027-yildagi Ukraina milliy musobaqalarida saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishi zarur. Xabarlarga ko‘ra, Mudrik bu yo‘nalishda faol harakat boshlagan va sobiq olimpiyachilar bilan muntazam mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Ma’lumki, Mudrikni “Chelsi” klubi o‘z safiga qo‘shish uchun “Shaxtyor”ga bonuslar bilan birga qariyb 100 million yevro sarflagan edi. Shu bois, uning diskvalifikatsiya holati nafaqat futbol jamoatchiligida, balki transfer bozorida ham katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Agar u haqiqatan ham yengil atletikaga o‘tib, Olimpiadada qatnashsa, bu sport olamida noyob holat sifatida tarixga kirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Doping mojarosidan keyin Mudrik sport turini o‘zgartirmoqchi