date

Aleksis Makallister: Men uchun Messiga teng futbolchi yo‘q

Aleksis Makallister: Men uchun Messiga teng futbolchi yo‘q

«Liverpul»ning yarimhimoyachisi, argentinalik Aleksis Makallister mashhur futbol yulduzlari Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi ko‘p yillik bahsga o‘z munosabatini bildirdi. Uning fikricha, jahon chempionatida Argentina terma jamoasining qo‘lga kiritgan g‘alabasi bu tortishuvni amalan yakunlagan.

Jurnalistning “Sizningcha, Argentina jahon chempionatida g‘olib chiqqani Ronaldu va Messi raqobatiga nuqta qo‘ydimi?” degan savoliga futbolchi quyidagicha javob berdi:

“Menimcha, bu masala haqida ilgari ham katta bahs bo‘lishi shart emasdi. Lekin men argentinalikman va tabiiy ravishda Messining ustunligini aytaman. Krishtianu Ronalduni juda hurmat qilaman, uni dunyoning ikkinchi eng yaxshi futbolchisi sifatida ko‘raman. Uning futboliga, intizomiga va mahorat darajasiga hech qanday shubha yo‘q. Ammo shaxsan men uchun Lionel Messi tarixdagi eng zo‘ri. Unga teng keladigan futbolchi hech qachon paydo bo‘lmas deb hisoblayman”, — dedi Makallister.

Futbolchi so‘zlariga ko‘ra, Messi nafaqat Argentina, balki butun dunyo futbolining ramziga aylangan. Uning maydondagi harakatlari, karera davomida qo‘lga kiritgan sovrinlari va shaxsiy sifati uni boshqalardan ajratib turadi.

Shu bilan birga, Makallister Ronalduning futboldagi ulkan hissasini ham alohida ta’kidlab, “Ronalduga hurmatsizlik qilish niyatim yo‘q, u ham futbol tarixida o‘chmas iz qoldirgan” deya qo‘shimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksis Makallister: Men uchun Messiga teng futbolchi yo‘q