date

Timur Kapadze Londonda: ingliz futboli hayotidan zavq olmoqda...

Timur Kapadze Londonda: ingliz futboli hayotidan zavq olmoqda...

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ayni kunlarda Angliyada bo‘lib turibdi. Uning aytishicha, bu safar xizmat safari yoki malaka oshirish dasturi emas, balki shaxsiy tashrif hisoblanadi.

Kapadze Championat.Asiaga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, u bugungi kunga qadar Angliyada bo‘lmagan va ingliz futboli muhitini yaqindan ko‘rishni istagan. «Manchester Siti» bilan amaliyot o‘tash bo‘yicha avvaldan kelishuv bo‘lgan, shu bois viza olib qo‘yilgandi. O‘shanda yo‘lga chiqish imkoni bo‘lmagani uchun bu gal viza muddati tugamay turib Londonga yo‘l olgan.

— Angliyaga kelganimning asosiy sababi – jonli o‘yinlarni ko‘rish va futbol muhitini his qilish. Bugun «Vest Xem» – «Kristal Pelas» uchrashuviga tashrif buyurdim. Ertaga «Arsenal» – «Manchester Siti» bahsini tomosha qilishni rejalashtiryapman. Keyin esa «Siti»ning Kubokdagi «Xaddersfild»ga qarshi o‘yini va APLda «Byornli»ga qarshi bellashuviga borish niyatim bor. Agar imkon topsam, klub bazasi bilan tanishib, mashg‘ulot jarayonlarini ham kuzatmoqchiman, — dedi Kapadze.

Shuningdek, u hozirda Angliyada to‘p surayotgan terma jamoa futbolchisi Abduqodir Husanov bilan ham uchrashishni, suhbatlashishni maqsad qilgan. «Futbolchilarimizning Yevropadagi faoliyatini kuzatish va ularning holatidan xabardor bo‘lish men uchun muhim», — dedi murabbiy.

Kapadze uchun bu safar katta taassurot uyg‘otgani aniq. U nafaqat top-klublar o‘yinlarini kuzatmoqda, balki o‘z ishi uchun kerakli tajribani ham olishga intilayapti. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, ingliz futboliga yaqindan guvoh bo‘lish – har qanday mutaxassis uchun boy tajriba hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze Londonda: ingliz futboli hayotidan zavq olmoqda...