
La Liganing 5-tur doirasidagi o‘yinda “Barselona” o‘z maydonida “Xetafe” ustidan 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
Ferran Torres 15 va 34-daqiqalarda dubl qayd etdi, ikkinchi bo‘limda esa Dani Olmo 62-daqiqada hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Kataloniyaliklar butun o‘yinda ustunlik qilgan holda g‘alabani to‘liq oqladi.
O‘yindan asosiy statistika:
Umumiy zarbalar: 16 — 3
Darvozaga zarbalar: 7 — 2
To‘p nazorati: 72% — 28%
Pasyalar: 741 — 295
Pas aniqligi: 89% — 68%
Qoidabuzarliklar: 9 — 15
Sariq kartochkalar: 2 — 4
Ofsaydlar: 3 — 1
Burchak zarbalar: 3 — 2
Turnir jadvalidagi o‘rinlar:
Barselona — 5 o‘yinda 13 ochko bilan 2-o‘rinda
Xetafe — 5 o‘yinda 9 ochko bilan 8-o‘rinda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing