date

Dembele «Oltin to‘p» marosimida ko‘z yoshlarini izohladi

Dembele «Oltin to‘p» marosimida ko‘z yoshlarini izohladi

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele 2025/2026 yilgi mavsum yakunida «Oltin to‘p»ga sazovor bo‘ldi. U mukofotni olish marosimida ko‘z yoshlarini to‘xtata olmagani sababini aytib o‘tdi.

Futbolchi onasiga murojaat qilgan paytda yig‘lab yuborganini ochiqladi:

«Men barchaga kuchli bo‘lib, minnatdorchilik bildirmoqchi edim. Ammo oilam haqida va boshidanoq menga yordam berib, doim yonimda turganlari haqida gapirganimda, his-tuyg‘ularimni jilovlay olmadim. Shu bois o‘ziga xos tarzda to‘xtay olmadim», — dedi Dembele.

Eslatib o‘tamiz, so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, u «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi a’zosi Lamin Yamalni ortda qoldirdi. Uchinchi o‘rinni esa fransuz hujumchisining jamoadoshi Vitinya egalladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dembele «Oltin to‘p» marosimida ko‘z yoshlarini izohladi