"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim qishki transfer oynasida "Inter" himoyachisi Federiko Dimarkoni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilmoqda. Bu haqda Italiya nashrlaridan biri bo‘lgan "il Napolista" xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, "qizil iblislar" ustozi Amorim Italiyalik himoyachining o‘yinini yuqori baholagan va uning texnik mahorati, zarba berish qobiliyatiga juda katta e’tibor qaratadi. Dimarkoning markaziy himoyachi sifatida o‘ynash tajribasi portugaliyalik murabbiyga jamoadagi uch kishilik himoya sxemasida uni qo‘llash imkonini beradi.
Federiko Dimarkoning "Inter" bilan shartnomasi 2027-yilda tugaydi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer narxi 50 million yevroga baholanmoqda. O‘tgan mavsumda, Milan jamoasi safida barcha musobaqalarda 4 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Amorimning Dimarkoni o‘z safiga qo‘shish istagi "Manchester Yunayted"ning himoya liniyasini yanada mustahkamlash va taktik jihatdan kuchaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, Dimarkoning ko‘nikmasi va tajribasi jamoaga katta foyda keltiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!