France Football jurnali tomonidan «Oltin to‘p-2025» uchun ovoz berish natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, bu yilgi sovrin sohibini aniqlash jarayonida fransiyalik yulduz Usmon Dembele mutlaq ustunlik bilan g‘olib chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Dembele 1380 ochko to‘plab, o‘zining asosiy raqibi bo‘lgan Lamin Yamalni 300 dan ortiq ball bilan orqada qoldirgan. Bu natija hech qanday bahsga o‘rin qoldirmagan holda uni yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida tarixga kiritdi.
«Oltin to‘p-2025» uchun ovoz berishda eng yaxshi o‘nlik quyidagicha shakllandi:
1. Usmon Dembele — 1380 ochko
2. Lamin Yamal — 1059 ochko
3. Vitinya — 703 ochko
4. Muhammad Saloh — 657 ochko
5. Rafinya — 620 ochko
6. Ashraf Hakimi — 484 ochko
7. Kilian Mbappe — 378 ochko
8. Koul Palmer — 211 ochko
9. Janluiji Donnarumma — 172 ochko
10. Nunu Mendesh — 171 ochko
Bu natijalar futbol olamida katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, Mbappe va Donnarumma kabi yulduzlarning qator past pog‘onalarda qolishi keng muhokama qilinmoqda.
Ta’kidlash joizki, 28 yoshli Usmon Dembele Fransiya tarixida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan oltinchi futbolchiga aylandi. Shu tariqa, Fransiya umumiy sovrinlar soni bo‘yicha Argentina bilan tenglashdi. Bu esa fransuz futbolining nufuzini yanada oshirib, milliy tarixda yorqin sahifa sifatida qayd etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!