Jahon chempioni Fabio Cannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lmaydi. Sportsdaily.ru ma’lumotiga ko‘ra, federatsiya bilan muzokaralar o‘tkazilgan, ammo Cannavaro taklifni rad etdi. Shu bilan birga, u Qozog‘iston terma jamoasi taklifini ham rad qilgan.
Uning rejasi – Italiya klublaridan birida ish boshlash, deb yozmoqda Kursiv media sayti. Cannavaro Yevropa va Xitoy klublarida murabbiylik tajribasiga ega. 2019 yilda u Xitoy terma jamoasini boshqargan, 2022–2023 yillarda “Benevento” bilan ishlagan, 2024 yil bahorida “Udinese”ga rahbarlik qilgan va dekabrda Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klubini boshqargan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar