Oktyabr oyi MMA olamining eng qiziqarli davrlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Bu oyda turli promoushenlar doirasida dunyo yulduzlari oktagonga chiqishadi va millionlab muxlislar intizor bo‘lib kutgan to‘qnashuvlar o‘tkaziladi. Quyida eng asosiy bahslar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
3-oktyabr. «PFL Dubai»
Dubayda o‘tkaziladigan turnirda qator qiziqarli to‘qnashuvlar tashkil etilgan. Unda rossiyalik mashhur jangchi Usman Nurmagomedov irlandiyalik raqibi Pol Xyuzga qarshi revansh jangini o‘tkazadi. Shuningdek, hamyurtimiz Mirafzal Axtamov ham oktagonga chiqib, braziliyalik Luan Andre Sardinya bilan bellashadi.
- Usman Nurmagomedov – Pol Xyuz (revansh);
- Mirafzal Axtamov - Luan Andre Sardinya.
4-oktyabr. «UFC 320»
Bu kun UFC tarixida katta qiziqish uyg‘otadigan turnir sifatida yodda qolishi mumkin. Sababi, rossiyalik jangchi Magomed Ankalayev va braziliyalik nokautchi Aleks Pereyra o‘rtasidagi revansh bahsi katta qiziqish bilan kutilmoqda. Shu bilan birga, gruziyalik Merab Dvalishvili amerikalik Kori Sendxagenga qarshi kuch sinashadi. Chexiya yulduzi Irji Proxazka esa tajribali Xalil Rauntriga qarshi oktagonga chiqadi.
- Magomed Ankalayev – Aleks Pereyra (revansh);
- Merab Dvalishvili - Kori Sendxagen;
- Irji Proxazka – Xalil Rauntri.
11-oktyabr. «UFC Rio»
Braziliya maydonida muxlislarni ulkan kutilgan jang kutib turibdi. Sobiq chempion Charlz Oliveyra polyak jangchisi Mateush Gamrot bilan kuch sinashsa, yana bir tajribali braziliyalik Deyvison Figeyredo amerikalik Montel Jeksonga qarshi bahs olib boradi.
- Charlz Oliveyra – Mateush Gamrot;
- Deyvison Figeyredo – Montel Jekson.
18-oktyabr. «UFC Vancouver»
Kanadadagi turnirda tajribali gollandiyalik Rene De Ridder amerikalik Brendan Allenga qarshi oktagonga chiqadi. Shuningdek, UFC muxlislarining sevimli jangchilaridan biri Kevin Xolland mahalliy sportchi Mayk Melottga qarshi bahs qiladi.
- Rene De Ridder – Brendan Allen;
- Kevin Xolland – Mayk Melott.
25-oktyabr. «UFC 321»
Oyning eng yirik turnirlaridan biri shu sanada bo‘lib o‘tadi. Unda britaniyalik og‘ir vazn vakili Tom Aspinall fransiyalik mashhur jangchi Siril Gan bilan kuch sinashadi. Ayollar o‘rtasidagi muhim to‘qnashuvda braziliyalik Virna Yandiroba amerikalik Makkenzi Dyornga qarshi bellashadi. Shuningdek, rossiyalik og‘ir vazn vakili Aleksandr Volkov braziliyalik Jailton Almeyda bilan jang qiladi. Yosh va iqtidorli Aleksandr Rakich dag‘istonilik Azamat Murzakanovga qarshi kuch sinashsa, yana bir dog‘istonilik yulduz Umar Nurmagomedov amerikalik Mario Bautista bilan oktagonga chiqadi.
- Tom Aspinall – Siril Gan;
- Virna Yandiroba – Makkenzi Dyorn;
- Alekskandr Volkov – Jailton Almeyda;
- Aleksandr Rakich – Azamat Murzakanov;
- Umar Nurmagomedov – Mario Bautista.
Xulosa
Oktyabr oyi MMA muxlislari uchun haqiqiy bayramga aylanishi mumkin. Yirik turnirlar, kutilgan revanshlar va yulduz jangchilarning ishtirokidagi to‘qnashuvlar millionlab tomoshabinlarni ekran oldiga jalb etadi. Tashkilotchilar aytishicha, mazkur ro‘yxat hali to‘liq emas va turnirlar yaqinlashgan sari yana qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar