6 oktyabr, dushanbaga o‘tar kechasi Ukraina tomonidan Rossiyaning qator hududlari va qo‘shib olingan Qrimdagi bir necha strategik nuqtalarga havodan hujumlar amalga oshirildi. Kechki paytdanoq Belgorod hamda Voronej viloyatlari, shuningdek Qrim osmonida uchuvchisiz uchoqlar urib tushirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Shu bilan birga Tambov, Nijniy Novgorod, Yaroslavl, Kaluga, Krasnodar, Sochi va Gelenjik aeroportlarida havo qatnovi vaqtinchalik cheklandi. Stavropol o‘lkasi aholisi dron xavfi haqida ogohlantirildi, Moskva meri Sergey Sobyanin esa poytaxtga yaqinlashgan bir dron yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
Dzerjinsk va Nijniy Novgorod ustida kecha 10 dan ortiq portlash tovushlari eshitilgani aytildi. Rossiyaning Shot Telegram-kanali buni HHM tizimi Ukraina dronlarini urib tushirayotgani bilan izohlamoqda. Ukrain manbalar ham shu mintaqadagi portlashlar aks etgan deb tasvirlangan videolarni e’lon qildi. Mahalliy ma’muriyat hozircha bu holatga rasmiy bayonot bermagan.
Qrim bo‘yicha kanallarda Feodosiya tomoniga uyushtirilgan zarbalar tilga olindi — shahardagi neft omborida yong‘in kelib chiqqan, degan da’volar bor. «Krimskiy veter» kanali Yevpatoriya va Uyutnoye orasidagi harbiy qismda joylashgan radar majmuasi hujum natijasida shikastlangani haqida yozdi.
Bryansk viloyatida ham kechga yaqin raketa xavfi haqida sirenalar ishga tushirildi. Qator mahalliy kanallar Klinsi shahridagi issiqlik elektr stansiyasida yong‘in yuzaga kelgani, ayrim turar-joylarda issiqlik ta’minoti uzilgani, yaqindagi Starodubda elektr ta’minotida uzilish kuzatilganini xabar qildi. Viloyat gubernatori Aleksandr Bogomaz o‘z kanalida yong‘in haqida alohida ma’lumot bermagan, ammo Klinsovskiy va Unechskiy tumanlarida raketa xavfi e’lon qilinganini, oradan qisqa fursat o‘tib esa ogohlantirish bekor qilinganini bildirdi.
Kechki reydlar natijasida aviaqatnovlarda kechikishlar qayd etildi, ayrim aeroportlarda havo hududi vaqtincha yopildi. Hodisalar bo‘yicha turli Telegram-manbalarning bayonotlari tarqalgan bo‘lsa-da, ko‘plab epizodlar yuzasidan rasmiy izohlar hali e’lon qilinmagan. Mavjud ma’lumotlar yangilanib borilishi ehtimol, zero, hujumlar logistika, energetika va havo harakatiga ta’sir ko‘rsatgani aytilayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar