date

Fabio Kannavaro rasman termada: mundialga so‘nggi bosqich boshlandi

Fabio Kannavaro rasman termada: mundialga so‘nggi bosqich boshlandi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) 2006 yilgi «Oltin to‘p» sohibi, JCH–2006 chempioni va Xitoy termasi sobiq ustozi Fabio Kannavaro bilan rasmiy shartnoma imzolanganini ma’lum qildi. Italiyalik mutaxassis endilikda milliy jamoamizni AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorlaydi.
O‘FA bayonotida ta’kidlanishicha, Kannavaro — yaqin o‘tmishning eng nufuzli himoyachilaridan biri, martaba va tajribasi bo‘yicha terma jamoani katta musobaqaga olib kirishga qodir mutaxassis. Uning ish uslubi — intizom, himoyada kompaktlik va tezkor o‘tishlar — jamoaning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
Yangi bosh murabbiyga quyidagi mutaxassislar ko‘maklashadi:
— Eugenio Albarella — yordamchi murabbiy (Yaponiya termasi, «Yuventus», «Udineze», «Dinamo Zagreb»da ish tajribasi);
— Chichcho Troize Fransesko — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy («Benevento», «Udineze», «Dinamo Zagreb»);
— Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar termasi, «Sampdoriya», «SPAL»).
Kannavaro shtabining shakllanishi bilan ish rejasi, yig‘inlar formati va o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar bosqichma-bosqich e’lon qilinadi. Terma jamoa uchun eng muhim maqsad — jahon chempionati oldidan o‘yin tizimini mukammallashtirish, raqobatli tarkibni shakllantirish va barqaror natijani ta’minlash.
Muxlislar diqqati markazida bo‘ladigan yangi bosqich boshlandi: milliy jamoa endi Kannavaro rahbarligida katta turnirga tayyorgarlikni jadallashtiradi. O‘FA barcha yangiliklarni rasmiy maydonlarida tezkor ravishda ma’lum qilib boradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fabio Kannavaro rasman termada: mundialga so‘nggi bosqich boshlandi