date

Fabio Kannavaro bilan milliy terma jamoa yig‘ini start oldi

Fabio Kannavaro bilan milliy terma jamoa yig‘ini start oldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun navbatdagi yig‘inni boshladi. Ilk mashg‘ulot asosan tiklanishga qaratildi: yengil yugurish, streching, fizioterapiya va to‘p bilan yumshoq mashqlar bajarildi. Tarkibda faqat Rustam Ashurmatov yo‘q edi — u kecha “Istiqlol” (Eron) safida o‘yin o‘tkazgani sababli ertadan yig‘inga qo‘shiladi. Shu bilan birga, bugun milliy jamoaga yangi bosh murabbiy Fabio Kannavaro rasman tayinlandi va u darhol ishga kirishdi.
Chaqirilganlar ro‘yxati
Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”), Botirali Ergashev (“Neftchi”), Vladimir Nazarov (“Paxtakor”).
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov (“Istiqlol”, Eron), Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”), Farruh Sayfiyev (“Neftchi”), Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Alibek Davronov (“Nasaf”), Jahongir O‘rozov (“Dinamo”), Muhammadrasul Abdumajidov (“Paxtakor”), Dilshod Saitov (“Paxtakor”).
Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy (“Baniyas”, BAA), Abdurauf Bo‘riyev (“Paxtakor”), Odiljon Hamrobekov (“Traktor”, Eron), Azizjon G‘aniyev (“Al Bataeh”, BAA), Umarali Rahmonaliyev (“Sabah”, Ozarbayjon), Hojimat Erkinov (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Baniyas”, BAA), Jamshid Iskanderov (“Neftchi”), Oston O‘runov (“Persepolis”, Eron), Abbosbek Fayzullayev (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Anvar Hojimirzayev (“Dinamo”).
Hujumchilar: Rustam Turdimurodov (“Surxon”), Eldor Shomurodov (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”).
Yaqindagi o‘rtoqlik bahslari
9 oktyabr, 18:00 — O‘zbekiston vs Quvayt, “Olimpiya” stadioni.
13 oktyabr, 17:45 — O‘zbekiston vs Urugvay, Malayziyada.
Kannavaro shtabining ilk vazifasi — futbolchilarning jismoniy holatini to‘g‘ri tiklash, intensivlikni oshirish va Quvayt hamda Urugvayga qarshi o‘yinlarga samarali tayyorgarlik ko‘rish. Muxlislar kutganidek, “oq bo‘rilar” uchun mundialga olib boruvchi yo‘lda har bir yig‘in va o‘yin alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fabio Kannavaro bilan milliy terma jamoa yig‘ini start oldi