date

Pereyra P4Pda yuqoriga sakradi, Ankalayevda esa keskin pasayish...

Pereyra P4Pda yuqoriga sakradi, Ankalayevda esa keskin pasayish...

UFC yangilangan reytingni e’lon qildi va eng katta o‘zgarishlar pound-for-pound (vazndan qat’i nazar eng kuchlilar) bo‘limida qayd etildi. Yangi tartib muxlislar orasida katta muhokamaga sabab bo‘ldi.

Pasport bo‘yicha braziliyalik, oktagonda esa haqiqiy “power puncher” sanalgan Aleks Pereyra bir yo‘la to‘rt pog‘ona yuqorilab, P4P taqsimotida 6-o‘rinni egalladi. Bu sakrash “UFC 320”da rossiyalik Magomed Ankalayev ustidan birinchi raundda texnik nokaut bilan qo‘lga kiritilgan yorqin g‘alabadan keyin ro‘y berdi. Shunga monand, Ankalayev to‘rt pog‘ona pastlab, 11-o‘ringa tushib ketdi.

Yana bir yorqin o‘zgarish — sobiq uzoq muddatli yetakchi Aleksandr Volkanovski bir pozitsiya pastlab 7-pog‘onaga tushdi. Shu paytda chempionlik kamari sohibi Drikus dyu Plessi o‘nlik sarhadiga kirib, 10-o‘ringa ko‘tarildi — janubiy afrikalik hujumkor uslubi bilan “umumiy jadval”da ham o‘z so‘zini aytmoqda.


Qisqacha xulosa:

- Aleks Pereyra — P4Pda 6-o‘rin (➚ +4)

- Aleksandr Volkanovski — 7-o‘rin (➘)

- Drikus dyu Plessi — 10-o‘rin (➚)

- Magomed Ankalayev — 11-o‘rin (➘ −4)


P4P reytingidagi bunday rokirovka chempionlik poygasiga yanada harorat qo‘shdi: Pereyraning kuchli oltilikka kirishi unga nafaqat vazn toifasida, balki umumiy elita doirasida ham nufuzini mustahkamlash imkonini bermoqda. Muxlislar esa endi har bir navbatdagi jang P4P pog‘onalari taqdiriga ta’sir qilishini yaxshi bilishadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pereyra P4Pda yuqoriga sakradi, Ankalayevda esa keskin pasayish...