date

Ronalduga Portugaliyada 22-yillik xizmati uchun nufuzli mukofot berildi

Ronalduga Portugaliyada 22-yillik xizmati uchun nufuzli mukofot berildi

Portugaliya milliy arenasida (Oeyrash) o‘tgan Portugal Football Globes tadbirida «An Nasr» hujumchisi, 40 yoshli Krishtianu Ronaldu Vatan termasidagi yigirma ikki yillik xizmatlari uchun maxsus “Globo Prestígio” mukofoti bilan taqdirlandi. Tantanada futbol, futzal va plyaj futboli yo‘nalishlari bo‘yicha jami 12 ta nominatsiya g‘oliblari e’lon qilindi.

Ronalduning milliy jamoa safidagi o‘ziga xos rekordlari yana bir bor e’tirof etildi: u Portugaliya sharafini 223 o‘yinda himoya qilgan va 141 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Katta turnirlardagi yutuqlari ham alohida tilga olindi — Yevro-2016 chempioni, shuningdek, Millatlar Ligasi sovrinini ikki bor ko‘targan yetakchi.

Mohir snayper uchun bu mukofot nafaqat shaxsiy e’tirof, balki butun bir avlodga ilhom baxsh etgan uzoq yillik mehnat va barqarorlikning qiymatli bahosidir. Portugaliya futbol hamjamiyati esa o‘z sardori nomiga munosib ovoz, muhabbat va hurmatini yana bir bor namoyon etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduga Portugaliyada 22-yillik xizmati uchun nufuzli mukofot berildi