date

“Bornmut” yulduzi: Xoland urayotgan gollar inson aqliga sig‘maydi

“Bornmut” yulduzi: Xoland urayotgan gollar inson aqliga sig‘maydi

Angliya Premyer-ligasidagi to‘purarlar bahsi tobora qiziyapti. Ammo “Bornmut” forvardi Antuan Semenyo “Manchester Siti” yetakchisi Erling Holandning kuchiga hurmat bilan qaraydi va raqobatda undan ustun kelish oson emasligini tan oladi.

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, Holand hozirgi zamon hujumchilarining eng mukammal namunasi.

– Holand haqiqatan ham birinchi raqamli to‘purar. Uning urayotgan gollarini ko‘rganda, “bunday narsa hayotda bo‘lishi mumkin emas”, deb o‘ylab qolaman. Bo‘yi baland, jismoniy jihatdan baquvvat, tezkor harakat qiladi va gol urishni juda yaxshi biladi. Hujumchi uchun kerakli barcha fazilatlar unda bor, – dedi Antuan Semenyo.

Haqiqatan ham, norvegiyalik yulduz bu mavsumda Premyer-liga darvozabonlariga tinchlik bermayapti. Erling Holand joriy mavsumda to‘qqiz bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Semenyo esa bu mavsumda ham yaxshi shaklda — u “Bornmut” safida olti marotaba gol urdi.

Mutaxassislar fikricha, Holandning hozirgi jismoniy holati va tajribasi unga Premyer-ligada yana bir bor to‘purar bo‘lish imkonini beradi. Ammo Semenyo kabi hujumchilarning kuchayib borayotgani raqobatni yanada qiziqarli qiladi.

Hozir Angliya futbolida bitta savol ko‘p berilyapti: “Holandni kim to‘xtata oladi?”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Bornmut” yulduzi: Xoland urayotgan gollar inson aqliga sig‘maydi