date

Franco Isroil: “O‘zbekistonга qarshi o‘yinda burchak zarbasi eng qiyini bo‘ldi”

Franco Isroil: “O‘zbekistonга qarshi o‘yinda burchak zarbasi eng qiyini bo‘ldi”

Urugvay milliy terma jamoasi darvozaboni Franco Isroil O‘zbekiston ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘yin haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Darvozabonning so‘zlariga ko‘ra, o‘yindagi eng murakkab daqiqa — burchak zarbasi amalga oshirilgan lahza bo‘lgan.

“Men uchun eng og‘ir vaziyat — burchak zarbasi vaqtidagi holat edi. Shomurodovning ikkinchi bo‘limda boshi bilan yo‘llagan zarbasi ham xavfli bo‘ldi, ammo u ko‘proq instinkt va tezkor reaksiya asosida amalga oshdi. Burchak zarbasida esa hamma narsani hisobga olish kerak — to‘pning yo‘nalishi, orqada kim borligi, qaysi yo‘nalishda sakrash lozimligi. Bu holat murakkabroq bo‘ladi,” — dedi Franco Isroil.

Darvozabonning ta’kidlashicha, o‘yin asosan Urugvay nazorati ostida kechgan, faqat oxirgi daqiqalarda O‘zbekistonning javob goli vaziyatni biroz qiyinlashtirgan. “O‘yin biz tomonda edi, ammo o‘tkazib yuborilgan gol sabab oxirgi daqiqalarda himoyada ancha ishlashga to‘g‘ri keldi. O‘sha vaziyatda ofsayd bor-yo‘qligini bilmayman, lekin futbolда bunday holatlar doim bo‘ladi,” — dedi u.

“Darvozabon uchun to‘p o‘tkazmaslik juda muhim. Ba’zan omad ham muhim rol o‘ynaydi. Eng muhimi, biz g‘alaba qozondik. Bu o‘yin biz uchun yaxshi tajriba bo‘ldi va jamoa birlashgan holda harakat qildi,” — deya qo‘shimcha qildi 25 yoshli futbolchi.

Franco Isroilning so‘zlariga ko‘ra, Urugvay termasi so‘nggi uchrashuvlarda o‘yin tizimini mustahkamlashni maqsad qilgan va jamoa jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Shunday qilib, O‘zbekistonга qarshi o‘yin u uchun nafaqat g‘alaba, balki professional jihatdan muhim sinov bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Franco Isroil: “O‘zbekistonга qarshi o‘yinda burchak zarbasi eng qiyini bo‘ldi”