Fransiyalik hujumchi Usmon Dembele "PSJ" jamoasida faoliyat yuritmoqda va yaqinda "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritganidan so‘ng daromadini oshirishni xohlamoqda, deb Euro-football.ru xabar berdi.
L’Équipe nashri ma’lum qilishicha, hozirda Dembelening yillik maoshi 18 million yevroga teng. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi. Ammo shunga qaramasdan, tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan.
28 yoshli futbolchi o‘zining yangi shartnomasida daromadini oshirishni istamoqda. U bu talabini "Oltin to‘p" sohibi sifatidagi maqomi bilan asoslamoqda. Joriy mavsumda u 4 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan. Muzokaralar yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar