Angliya Premer-ligasining 8-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda “Liverpul” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uyin boshlanishi bilan “Yunayted” ustunlikka erishdi — ikkinchi daqiqada Brayan Mbemo gol urib, hisobni ochdi. 78-daqiqada Kodi Gakpo hisobni tenglashtirdi. Ammo 84-daqiqada Garri Maguayrning goli mehmonlarga yutuq olib keldi.
"Liverpul" butun o‘yin davomida ustunlik qildi:
• 63% to‘p nazorati
• 17 ta zarba (6 ta aniq)
• 394 ta pas va 94% aniqlik
Biroq “Yunayted”ning samarali hujumlari natija berdi.
Bu natija “Liverpul”ni 3-o‘rinda qoldirdi, “Manchester Yunayted” esa 13 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar