date

Ro‘ziqul Berdiyev "Shabab Al Ahli"ga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?

Ro‘ziqul Berdiyev "Shabab Al Ahli"ga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?

"Shabab Al Ahli"ga qarshi OFK Elit Chempionlar ligasi bahsi arafasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda futbolchi G‘olib G‘aybullayev ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev:

— Biz ertangi o‘yinga to‘liq tayyormiz. “Shabab Al Ahli” — kuchli jamoa. Ular sifatli futbol namoyish etadi, tarkibida mahoratli futbolchilar yetarli. Shuningdek, jamoaviy o‘yinlari ham yuqori darajada.

Har ikkala jamoa ham yaxshi futbol ko‘rsatishga intiladi. Ishonamanki, ertangi bahs tomoshabinlar uchun qiziqarli bo‘ladi.

G‘olib G‘aybullayev:

— Jamoamiz ertangi o‘yinga jiddiy tayyorlandi. Bu uchrashuv har ikkala jamoa uchun ham murakkab va qiziqarli bo‘lishi aniq. Biz bu yerga ochko olish uchun kelganmiz.

Savol: Jamoangiz dastlabki ikki turda ochko ololmadi. Ertangi bahsda bu natijani o‘zgartirish uchun nimalarga e’tibor qaratyapsiz?

Ro‘ziqul Berdiyev:

— Asosiy maqsadimiz — ochko olish va guruhdagi holatimizni yaxshilash. Bu bosqichda kuchli raqiblar ko‘p. Biz shu paytgacha ikkita kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik va munosib qarshilik ko‘rsata oldik. “Shabab Al Ahli” ham yuqori saviyadagi raqib, ammo biz maydonga ijobiy natija uchun chiqamiz.

Savol: “Shabab Al Ahli” murabbiyi siz haqingizda iliq fikr bildirdi. Jamoa bilan uzoq yillardan buyon birgaligingiz jamoaga yanada kuch berishini aytib o‘tdi. Siz bu fikr haqida nima deya olasiz?

Ro‘ziqul Berdiyev:

— “Shabab Al Ahli” murabbiyiga iliq so‘zlari uchun minnatdorchilik bildiraman. U ham o‘z jamoasi bilan katta ishlar qilmoqda — o‘tgan mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz, chunki o‘tgan mavsumda ikki bor to‘qnash kelganmiz. Ertangi o‘yin yana bir foydali tajriba bo‘ladi.

Har bir murabbiy yaxshi natija uchun harakat qiladi. Yigitlarimizni shunga tayyorladik.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev "Shabab Al Ahli"ga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?