date

“Real” Endrikni yanvarda boshqa klubga ijaraga berishga tayyor

“Real” Endrikni yanvarda boshqa klubga ijaraga berishga tayyor
Braziliyalik hujumchi Endrik qishki transfer oynasida Madridning “Real” jamoasini tark etadi. Euro-football.ru ma'lumotiga ko'ra, “Real” Endrikni yanvar oyida ijaraga berishga tayyor.

Manbaga ko'ra, Endrik o'zini ko'rsatib, Braziliya terma jamoasi bilan kelgusi jahon chempionatida ishtirok etmoqchi. Klub bir nechta jamoalar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Hozircha Endrik qaysi jamoaga o'tishi noma'lum. “Real” 2024-yil yozida Endrikni 47,5 million yevroga sotib olgan.

19 yoshli hujumchi bu mavsumda hali maydonga tushgani yo'q. Uning shartnomasi 2030-yilning o'rtasigacha amal qiladi.

Endrik faoliyatini davom ettirish uchun muntazam o'yin amaliyoti izlamoqda. Klub va futbolchi kelasi haftalarda kelishuvga erishishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” Endrikni yanvarda boshqa klubga ijaraga berishga tayyor