
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Real Madrid"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi. U jamoasi "El-Klasiko"ga tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidladi.
Euro-football.ru yozishicha, Flik "Barselona" uchun bu uchrashuv juda muhimligini aytdi. Joriy hafta seshanba kuni "Barselona" Chempionlar Ligasi doirasida "Olimpiakos" ustidan 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi jamoa yakshanba kuni La Liga doirasida safarda "Real Madrid"ga qarshi bahs olib boradi. Flik futbolchilarga imkon qadar tezroq tiklanish va o‘yinga eng yaxshi holatda yetib kelish zarurligini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa to‘liq ishonch bilan maydonga chiqishi kerak. Flik Chempionlar Ligasidagi natija futbolchilarga ruhiy ko‘tarinkilik berganini qayd etdi.
Hozirda "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa "Real Madrid"dan ikki ochkoga ortda qolmoqda.
"El-Klasiko" natijasi chempionlik poygasiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. "Barselona" va "Real Madrid" o‘rtasidagi navbatdagi o‘yin futbol muxlislari uchun eng muhim voqealardan biri hisoblanadi.
Flik futbolchilarining tayyorgarligi va motivatsiyasiga ishonch bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!