date

“Barselona” AQSHdagi o‘yin bekor qilingani haqida bayonot berdi

“Barselona” AQSHdagi o‘yin bekor qilingani haqida bayonot berdi

Dekabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Vilyarreal” va “Barselona” o‘rtasidagi La Liga uchrashuvi Mayamida o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. La Liga tashkilotchilari Ispaniyada yuzaga kelgan salbiy munosabat sababli uchrashuvni AQSHda o‘tkazishdan voz kechdi.

“Barselona” klubi ushbu qarorni hurmat bilan qabul qilganini ma’lum qildi. Klub rasmiy bayonotida ilgari uchrashuvni AQSHda o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan qarorni ham hurmat qilgani aytilgan. “Barselona” ushbu imkoniyatdan mahrum bo‘lgani uchun afsusda ekanini bildirdi.

Klub vakillari La Liga brendini strategik bozorda rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat yo‘qolganini ta’kidladi. Shuningdek, AQSHdagi muxlislar jamoani jonli tomosha qila olmasligidan afsus bildirishdi.

Avvalroq “Real Madrid” va yana bir nechta klublar uchrashuvni AQSHda o‘tkazishga qarshi chiqqan edi. Shu sababli, tashkilotchilar uchrashuv joyini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” AQSHdagi o‘yin bekor qilingani haqida bayonot berdi