
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte Chempionlar Ligasi doirasida Niderlandiyaning PSV jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng intervyu berdi. Uchrashuv 2:6 hisobida "Napoli" mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Uchrashuvda mehmonlar hisobni ochdi, biroq "PSV" birinchi bo‘limda ikkita gol urdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida esa niderlandiyaliklar uchinchi golni kiritdi. 76-daqiqada "Napoli" bir futbolchidan ayrildi va keyingi daqiqalarda yana uchta gol o‘tkazib yubordi, o‘zi esa bir bor javob qaytardi.
Antonio Konte natijadan norozi ekanini bildirdi. U bunday mag‘lubiyat tasodifiy emasligini ta’kidladi.
Murabbiy jamoa bu kechadan to‘g‘ri xulosa chiqarib, kuchliroq bo‘lishi zarurligini aytdi. Konte o‘tgan mavsumda "Napoli" cheklangan tarkib bilan Italiya chempionligini qo‘lga kiritganini eslatdi.
U bu yil Chempionlar Ligasida ishtirok etayotganini, tarkibda ko‘plab yangi futbolchilar borligini va mavsum yanada murakkab bo‘lishini qayd etdi. U jamoani oldinda og‘ir o‘yinlar kutayotganini, Chempionlar Ligasida raqobat darajasi juda yuqori ekanini ta’kidladi.
Hozirda "Napoli" umumiy bosqichda uchta o‘yindan so‘ng atigi uch ochkoga ega. Jamoa keyingi uchrashuvlarda natijani yaxshilashga harakat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar