"Inter Mayami" klubi yana bir mashhur futbolchiga qiziqish bildirdi. Klub rahbariyati "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskini tarkibga qo‘shishni ko‘rib chiqmoqda.
Euro-football.ru yozishicha, polshalik futbolchining joriy shartnomasi 2026-yil yozida yakunlanadi. "Inter Mayami" Levandovskini 37 yoshida taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Hozircha tomonlar o‘rtasida aniq kelishuv yo‘q. Klub Levandovskini faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayotgan Luis Suares o‘rniga olib kelishi mumkin.
Levandovski 2022-yil yozidan beri "Barselona" tarkibida harakat qilmoqda. Joriy mavsumda u "ko‘k-anorranglilar" safida to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urishga erishdi.
Robert Levandovski faoliyati davomida Germaniya va Ispaniya chempionatlarida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Kelajakda uning "Inter Mayami" safiga o‘tishi klub uchun yangi bosqich bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!