date

Flik: “Barselona” endi Madridda ham g‘alaba qozona oladi

Flik: “Barselona” endi Madridda ham g‘alaba qozona oladi

Chempionlar ligasining 3-turida “Barselona” “Olimpiakos” ustidan yirik hisobda — 6:1 bilan zafar quchdi. Ushbu g‘alaba ortidan jamoa bosh murabbiyi Xansi-Diter Flik futbolchilarning kayfiyati va jamoa holati haqida fikr bildirdi.

“Men doimo ijobiy fikrlayman. Endi “Barselona” Madridda ham g‘alaba qozonishga qodir deb ishonaman. Ehtimol, yakshanbagacha bir nechta futbolchilarimiz tarkibga qaytib, bizga yanada kuch bag‘ishlaydi. “Olimpiakos” ustidan qozonilgan g‘alaba jamoaga ishonch berdi. Ular yuqori bosimda o‘ynashdi, biroq Fermin kiritgan dastlabki gol o‘yin taqdirini hal qildi”, — dedi Flik.

Murabbiy ayni paytda hujumchi Markus Reshfordning o‘yinini ham alohida ta’kidladi: “Reshford bugun ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. U markaziy hujumchi sifatida harakat qilmoqda va bu pozitsiyada o‘ynash oson emas. Ammo u vaziyatlar yaratdi, penalti ishlab oldi va gol urdi. Eng muhimi, u men kutgan ishonchni yuz foiz oqlayapti”, — dedi Flik qoniqish bilan.

Ta’kidlanishicha, ushbu g‘alaba ortidan “Barselona” YECHL umumiy jadvalida 6 ochko bilan 9-pog‘onada joylashdi, “Olimpiakos” esa 1 ochko bilan 32-o‘rinda qoldi.

Kataloniyaliklar uchun keyingi sinov — La Liganing 10-turidagi "El-Klasiko" bo‘ladi. Ular 26 oktyabr, yakshanba kuni safarda “Real”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da start oladi.

Jamoa atrofidagi muhit ham ijobiy tus olmoqda. Flikning ishonchli so‘zlari, “Olimpiakos” ustidan g‘alaba va qarorli hujum uslubi “Barselona”ning Yevropadagi mavqeini yanada mustahkamlashga zamin yaratmoqda. Kataloniyalik muxlislar esa endilikda Madriddagi bellashuvni katta intiqlik bilan kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Flik: “Barselona” endi Madridda ham g‘alaba qozona oladi