PSJ jamoasi UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichida safarda Leverkuzenning "Bayer" klubini 7:2 hisobida yengdi. Uchrashuvda mehmonlar markaziy himoyachisi Ilya Zabarniy muvaffaqiyatsiz o‘yin namoyish etdi.
Opta Sports ma’lumotiga ko‘ra, ukrainalik futbolchi Chempionlar ligasi tarixida bir uchrashuvda ikki bor penaltiga sabab bo‘lgan va qizil kartochka olgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Zabarniy o‘yinda raqibga ikkita 11 metrlik jarima zarbasi ishlash imkonini berdi hamda maydondan chetlatildi. Ilya Zabarniy 2023-yil yozida Angliyaning "Bornmut" klubidan Fransiya chempioni PSJ tarkibiga o‘tgan.
Parij klubi himoyachini 63 million yevro evaziga xarid qilgan. Zabarniy PSJ bilan 2030-yil iyun oxirigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!