
22-oktyabr, chorshanba kuni Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turi doirasida ikkinchi o‘yin kuni boshlandi. Dastlabki o‘yinlardan birida Bilbao shahri vakili “Atletik” va Ozarbayjonning “Qarabog‘” jamoalari maydonga tushdi.
Uchrashuvning birinchi daqiqasidayoq “Qarabog‘” hisobni ochdi. Leandro Andrade raqib futbolchilarining xatosidan foydalandi, o‘ng qanotdan tezlikda jarima maydoniga kirib bordi va darvozabon Unai Simon bilan birga-bir vaziyatda gol urdi. Natijada hisob 1:0 ko‘rinishiga keldi. Ammo uchrashuvning 40-daqiqasida mezbonlar o‘yinchisi Gorka Guruzita hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu kuni Chempionlar ligasining barcha o‘yinlari matnli tarzda yoritilmoqda. Bundan tashqari, Istanbulda soat 22:45da mahalliy “Galatasaroy” va Norvegiyaning “Bude-Glimt” klubi ham uchrashuv boshladi. Bu o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobida oldinda bormoqda.
“Qarabog‘” klubi Ozarbayjon futbolining so‘nggi yillardagi eng faol jamoalaridan biri hisoblanadi. “Atletik” esa Ispaniyaning La Liga chempionatida doimiy ishtirok etib keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!