
"Real" jamoasining sobiq sardori Raul Gonsales "Barselona" vingeri Lamin Yamal haqida fikr bildirdi. U Yamalni ajoyib futbolchi deb atab, yosh bo‘lishiga qaramay, maydonda kamdan-kam uchraydigan yutuqlarga erishayotganini ta’kidladi.
Raulning so‘zlariga ko‘ra, endi Yamal bu muvaffaqiyatlarini mustahkamlashi kerak. Euro-football.ru ma'lumotiga ko‘ra, Raul Yamal kelajakda klubi va Ispaniya terma jamoasi uchun muhim futbolchiga aylanishiga ishonch bildirdi.
Yamal yaqinda "Oltin to‘p" sovrini uchun o‘tkazilgan so‘rovda ikkinchi o‘rinni egalladi. U bu natija bilan Usmon Dembelega yo‘l berdi.
Joriy yil 26-oktabr, yakshanba kuni Ispaniya chempionatida "Real" va "Barselona" klublari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. "El-Klasiko" o‘yini "Santyago Bernabeu" stadionida o‘tkaziladi.
Yamal ushbu bahsda ham maydonga tushishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar