date

“Arsenal” Yevropaning top-5 ligalarida eng kam gol o‘tkazdi

“Arsenal” Yevropaning top-5 ligalarida eng kam gol o‘tkazdi
Transfermarkt portali Yevropaning eng kuchli beshta chempionati klublari orasida eng yaxshi himoyaga ega jamoalar reytingini e’lon qildi. Reytingga Angliya Premer-ligasi, Germaniya Bundesligasi, Ispaniya La Ligasi, Fransiya 1-ligasi va Italiya A seriyasi klublari kiritilgan.

Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Londonning “Arsenal” klubi reytingda birinchi o‘rinni egalladi.

“Kanonirlar” barcha musobaqalarda o‘tkazgan 12 rasmiy o‘yinda atigi uchta gol o‘tkazib yubordi. Ushbu gollardan faqat biri o‘yindan kiritilgan bo‘lib, uni “Manchester Siti” hujumchisi Erlin Holand urgan.

“Arsenal” har bir o‘yinda o‘rtacha 0,25 tadan gol o‘tkazgan. Ikkinchi o‘rinda “Milan” klubi qayd etilgan.

Italiyaliklar raqiblarga to‘rtta gol o‘tkazib bergan. Biroq “Milan” hozirgacha “Arsenal”ga nisbatan kamroq, ya’ni to‘qqizta o‘yin o‘tkazgan va bu mavsum Yevrokuboklarda ishtirok etmayapti.

Uchinchi pog‘onani yana bir italiyalik klub — “Roma” egalladi. Rimliklar to‘qqizta uchrashuvda beshta gol o‘tkazgan.

Reytingda to‘rtinchi o‘rinni “Komо” klubi band etdi, ular ham to‘qqiz o‘yinda oltita gol o‘tkazib yuborgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Arsenal” Yevropaning top-5 ligalarida eng kam gol o‘tkazdi