
"Liverpul" klubi markaziy himoyachisi Virjil van Deyk jamoaning "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan keyingi holati haqida gapirdi. 18-oktabr kuni Arne Slot boshchiligidagi "Liverpul" o'z maydonida "qizil iblislar"ga 1:2 hisobida yutqazdi.
Euro-football.ru yozishicha, van Deyk bu mag'lubiyatdan so'ng jamoa yig'ilganini, ammo bu inqiroz majlisi bo'lmaganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, futbolchilar murabbiy bilan birga vaziyatni to'liq tahlil qilishdi.
Shuningdek, jamoa a'zolari alohida uchrashuv ham o'tkazishdi va van Deyk o'z fikrlarini bildirishni istadi. U jamoada muhokama va tahlil jarayoni ochiq o'tganini qayd etdi.
Angliya Premer-ligasining sakkiz turidan so'ng "Liverpul" 15 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Klub keyingi o'yinlarda natijani yaxshilashni maqsad qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar